Eron va Rossiya Ummon ko‘rfazida harbiy mashg‘ulot o‘tkazdi

Olam

image

Kecha, 19 fevral kuni Eron Ummon ko‘rfazi hamda Hind okeanining shimoliy qismida Rossiya bilan qo‘shma dengiz harbiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda “The Hill” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari operatsion muvofiqlashtirishni kuchaytirish va harbiy tajriba almashish maqsadida hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni amalga oshirgan. Eron dengiz floti kontr-admirali Hasan Mahsudlu ushbu mashqlar barqaror dengiz hamkorligini rivojlantirishga qaratilganini ta’kidlagan.

Shuningdek, qo‘shma mashg‘ulotlar boshlanishidan avval Eron alohida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgani ma’lum qilingan. Xabarlarga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlar davomida Hormuz bo‘g‘ozi yo‘nalishida beshta raketa uchirilgan.

Ushbu harbiy mashg‘ulotlar AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron bo‘yicha bayonotlari fonida bo‘lib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Tehronga kelishuvga erishish uchun 15 kun muddat berilishini ma’lum qilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Donal'd Tramp Ummon ko'rfazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing