Eron o‘zbekistonliklarga vizasiz rejim joriy etyapti
Olam
−
31 yanvar
59224 fevraldan Eron 28 davlat, jumladan Belarus, Qatar, Qirg‘iziston, Meksika, BAA, Saudiya Arabistoni, Serbiya, O‘zbekiston va Yaponiya bilan viza rejimini bir tomonlama bekor qilmoqda. Bu haqda IRNA agentligi mamlakat Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aliriza Bigdeliga tayanib xabar berdi.
“Tashqi ishlar vazirligi 28 davlat uchun vizani bekor qilish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan farmon to‘g‘risida tegishli organlarni xabardor qildi”, deydi vazir o‘rinbosari.
Uning urg‘ulashicha, qarorga ko‘ra, joriy yilning 4 fevralidan e’tiboran Eronga sayyohlik maqsadida kelayotgan 28 davlat fuqarolaridan viza talab qilinmaydi.
U Hindiston bilan bog‘liq vaziyatni alohida qayd etib, uning fuqarolari chegarani havo orqali kesib o‘tgan taqdirdagina viza talab qilmasligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning oktyabr oyida Samarqandda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vaziri Aziz Abduhakimov va Eron Turizm, madaniy meros va hunarmandchilik vaziri Ezatolla Zargamiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. Unda Zargamiy ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejimni joriy etish taklifi bilan chiqqan.
LiveBarchasi