Eron uranni boyitishni cheklash shartini aytdi
Olam
−
15 may
4834Agar AQSH Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga rozi bo‘lsa, Tehron uran boyitish darajasini cheklashga va yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralaridan xalos bo‘lishga tayyor. Bu haqda Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Ali Shamxaniyga tayanib NBC telekompaniyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tehron xalqaro kuzatuvchilarni o‘z yadroviy inshootlariga ham kiritishga tayyor bo‘ladi va uranni faqat fuqarolik maqsadlarida boyitishga rozi bo‘ladi.
Ali Shamxaniy AQSH “o‘z bayonotlariga muvofiq harakat qilishiga” umid bildirdi va bu holatda Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar “yaxshilanishi” mumkinligini tan oldi.
Eron rasmiysi avvalroq Eronga zaytun novdasini taklif qilganini va AQSH taklifi qabul qilinmasa, “[Tehronga] maksimal bosim o‘tkazish” bilan tahdid qilgan AQSH Prezidenti Donald Trampning ritorikasini tanqid qildi.
“U zaytun novdasi haqida gapiradi, lekin biz buni ko‘rmadik”, dedi Shamxaniy.
Shuningdek, u Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH va Eronning kelishuvga erishishiga to‘sqinlik qilishga harakat qiladi, deb hisoblaydi.
Qo‘shma Shtatlar va Eron Ummon vositachiligida Islom Respublikasining yadroviy dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun to‘rtta muzokara o‘tkazdi. Ulardan birinchisi 12 aprel kuni Maskatda, ikkinchisi 19 aprel kuni Rimda, uchinchi va to‘rtinchisi 26 aprelda va yana 11 may kuni Ummon poytaxtida bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarda Eron delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi, Amerika delegatsiyasiga esa Prezidentning maxsus vakili Stiven Uitkoff boshchilik qildi.
LiveBarchasi