Eron Trampga bilvosita o‘lim bilan tahdid qildi

Olam

image

Eron AQSH Prezidenti Donald Trampga bilvosita o‘lim bilan tahdid qildi. Bu haqda Eronning nufuzli diniy ulamosi Nosir Makarim Sheroziy 29 iyun kuni bergan bayonotida so‘z ochdi. 

Sheroziyning eslatishicha, Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyga tahdidlar o‘lim bilan jazolanishi kerak, bu bayonot esa Trampga qaratilgan edi. 

Sheroziyga ko‘ra, islomiy hokimiyatga qarshi urush ochganlar yoki diniy rahbarlarga tahdid qilganlar “Allohga qarshi urush ochgan dushmanlar” hisoblanadi. Bunday odamlarni “jazoga tortish musulmonlarning burchi sanaladi”. U Trampning ismini to‘g‘ridan to‘g‘ri tilga olmagan bo‘lsada, bu bayonot aynan Trampning so‘zlariga javob sifatida berilgan.

Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravonchiy AQSH bilan Eronning yadroviy dasturi yuzasidan muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirgan, ammo bu faqat AQSH Eronni bombardimon qilish tahdidlaridan voz kechsa mumkin bo‘lishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati ayrim vositachilar orqali Eron bilan muzokaralarga tayyorligini bildirgan, lekin AQSHning hujumlar borasidagi pozitsiyasi aniq emas.

Ravonchiy, shuningdek, Eron tinch maqsadlarda uran boyitish huquqiga ega ekanini ta’kidlagan va Eron yashirincha yadroviy bomba tayyorlayotgani haqidagi ayblovlarni rad etgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Oyatulloh Ali Xomanaiyning Eron AQSH ustidan g‘alaba qozongani haqidagi bayonotiga javob qaytarib, uni yolg‘onchilikda ayblagandi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, urush davrida AQSH va Isroil kuchlari Xomanaiyning qayerda yashiringanini aniq bilgan, lekin Tramp uni o‘ldirmaslikni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing