Men Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqardim – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning Eron AQSH ustidan g‘alaba qozongani haqidagi bayonotiga javob qaytarib, uni yolg‘onchilikda aybladi. Bu haqda u o‘zining Tramp “Truth Social”dagi sahifasida yozdi.  

“Nega o‘zini “Oliy rahnamo” deb ataydigan, urushdan tinkasi qurigan Eron davlatining Oyatulloh Ali Xomanaiysi shunchalik dag‘al va ahmoqona tarzda Isroil bilan urushda g‘alaba qozonganini da’vo qilmoqda? U o‘zi ham bu gap yolg‘onligini yaxshi biladi. E’tiqodli inson bo‘lsa, u yolg‘on gapirmasligi kerak.

Uning davlati vayron bo‘ldi, uning uchta jirkanch yadro ob’ekti yo‘q qilindi va men aynan uning qayerga yashiringanini bilar edim, lekin Isroil yoki AQSH Qurolli kuchlariga, dunyodagi eng qudratli va kuchli armiyaga uni o‘ldirishga ruxsat bermadim. Men uni dahshatli va sharmandali o‘limdan qutqardim. U menga “rahmat, Prezident Tramp!”, deyishi shart emas”, deb yozdi Tramp.

Shuningdek, u Isroilni Tehronga yo‘l olgan “katta samolyotlar guruhini” qaytarishga ko‘ndirganini aytgan. Trampning fikricha, agar hujum amalga oshirilganida, bu katta vayronalarga va ko‘plab eronliklar halok bo‘lishiga olib kelardi.

“So‘nggi kunlarda men sanksiyalarni bekor qilish va boshqa chora-tadbirlar orqali Eronga tiklanish imkonini berishga urinayotgan edim. Ammo buning o‘rniga men nafrat, g‘azab va jirkanchlikka to‘la bayonot bilan “siylandim”. Natijada men sanksiyalarni yumshatish va boshqa barcha sa’y-harakatlarni darhol to‘xtatdim.

Eron Jahon tizimi oqimiga qaytishi kerak, aks holda ular uchun vaziyat yanada yomonlashadi. Ular har doim yovuz, dushmanlarcha va baxtsiz. Mana sizlarga natija: kuyib kul bo‘lgan, portlatilgan, kelajaksiz mamlakat. Tor-mor qilingan armiya, dahshatli iqtisodiyot va o‘lim”, deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy uzoq tanaffusdan so‘ng xalqqa murojaat qilib, Eron xalqini Isroil va AQSH ustidan g‘alaba bilan tabriklagan edi.

Bungacha esa Xomanaiy qariyb ikki hafta davomida maxfiy bunkerdan chiqmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 86 yoshli rahnamo ehtimol, sulh imkoniyatidan foydalanib, boshpanasidan chiqishga qaror qilgan.

O‘tgan hafta oxirida AQSH Eronning Fordo, Natanz va Isfahon shaharlaridagi uchta yadro ob’ekti bo‘yicha aviazarbalar bergan edi. Eron Tashqi ishlar vazirligi buni keskin qoralab, zarbalar jiddiy oqibatlarga olib kelishini bildirgan. Eron rasmiylari AQSH hujumlariga qaramay, yadroviy energetika dasturini davom ettirishini aytgan. Keyinroq Prezident Tramp Eron va Isroil o‘rtasida sulhga erishilganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing