“Dahşatli tomoşa”. Tramp Braziliyadagi saylovlarni tanqid qildi
Olam
−
09:28 1014 2 daqiqa
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Braziliyada bölib ötgan prezidentlik saylovlarini tanqid qilib, ularning natijalari soxtalaştirilgan saylovni eslatganini aytdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
“Menimça, bu dahşatli körindi. Rostini aytsam, bu yana bir soxtalaştirilgan saylovga öxşadi. Men heç kimning tarafini olmadim, ammo bu tomoşa dahşatli edi”, degan Tramp.
Ma’lumot uçun, Braziliyada prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi joriy yilning 25 oktyabr kuni bölib ötgandi. Unda amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva 51,79 foiz ovoz bilan ğalaba qozongan. Uning raqibi, sobiq prezident Jair Bolsonaroning öğli Flavio Bolsonaro esa 48,21 foiz ovoz töplagan.
Flavio Bolsonaro saylovda mağlub bölgan. Ma’lumotlarga köra, u va uning otasi Donald Trampning tarafdorlari hisoblanadi. Jair Bolsonaro hatto “tropik Tramp” laqabini olgan.
Joriy yil may oyida Tramp Flavio Bolsonaroni Oq uyda qabul qilgan. Uçraşuvdan keyin braziliyalik siyosatçi AQŞ Prezidenti uning nomzodini oçiq qöllab-quvvatlamaganini aytgan. Biroq iyun oyida Tramp u bilan tuşgan suratini e’lon qilib, Flavioni “öz mamlakatini juda yaxşi köradigan aqlli yigit” deb ta’riflagan.
Lula esa Braziliyaning BRICS doirasidagi manfaatlarini faol himoya qilişi va AQŞdan mustaqilroq siyosat yuritiş tarafdori ekani bilan tanilgan.
Naşrga köra, Lulaning qayta saylanişidan keyin Braziliya fond bozori keskin tuşib ketgan. Asosiy fond indeksi 10 foizdan ortiq pasaygani sababli birjada savdolar vaqtinça töxtatilgan.
“Bloomberg” xabariga köra, bozorning pasayişi mamlakatning eng boy bankirlariga ham katta zarar keltirgan. Ular birgalikda qariyb 10 milliard dollar yöqotgan. Jumladan, Banco BTG Pactual asosçisi Andre Estevesning boyligi 4,4 milliard dollarga, Nubank kompaniyasini nazorat qiluvçi Devid Velesning boyligi esa 2,6 milliard dollarga kamaygan.
Bundan taşqari, Lotin Amerikasidagi eng yirik banklardan biri Itaú Unibanco’ni nazorat qiluvçi Pedro va Fernando Moreyra Salleslarning jami boyligi qariyb 2 milliard dollarga qisqargan. “Bloomberg” hisob-kitoblariga köra, Braziliyaning eng boy 10 nafar milliarderi aksiyalar narxi tuşişi ortidan jami 15 milliard dollar zarar körgan.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr