Eron terrorizmni qo‘llab-quvvatlagan 9 amerikalikka sanksiya kiritdi
Olam
−
09 aprel 2022
7109Eron hukumati AQSHning to‘qqiz fuqarosini terrorizmni qo‘llab-quvvatlagani va inson huquqlarini buzgani uchun o‘z sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytiladi.
“Ushbu shaxslar Eron xalqi va hukumatiga qarshi AQSHning bir tomonlama noqonuniy sanksiyalarini joriy etishda, terrorchilik guruhlari va teraktlarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etgan, shuningdek, Isroilning mazlum Falastin xalqiga qarshi repressiv harakatlariga hissa qo‘shgan”, deyiladi hujjatda.
TIV, shuningdek, “bu harakatlar xalqaro huquqning asosiy tamoyillari va asosiy inson huquqlarini buzish ekanligini va insoniyatga qarshi jinoyatning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilishini” ta’kidlagan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 30 mart kuni AQSH Moliya vazirligi Erondagi bir jismoniy va to‘rtta yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e’lon qilgan. Cheklovlar AQSHning ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi qonunlari asosida kiritilgan.
LiveBarchasi