Eron Tashqi ishlar vaziri Pokistonga boradi. Yarashuv bitimi imzolanadimi?

Olam

image

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon joriy yilning 29 yanvar kuni Pokistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, tashrif Pokiston Tashqi ishlar vaziri Jalil Abbos Jiloniy taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Vazirlar ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishlari kutilmoqda.

Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Eronning Islomoboddagi elchisi, shuningdek, Pokistonning Tehrondagi diplomatik missiyasi rahbari 26 yanvardan o‘z vazifalariga qaytadi.

“Pokiston va Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi telefon muloqoti natijasida ikki davlat elchilari 2024 yil 26 yanvarga qadar o‘z lavozimlariga qaytishlari mumkinligi to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Jiloniy Pokiston Eron bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytgan. Pokiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Eron bilan diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklashga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 yanvar kuni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Pokistonda joylashgan “Jaysh al-Adl” guruhiga hujum qilgan edi. Pokiston bu hujumni Tehron tomonidan asossiz qoidabuzarlik, mamlakat suverenitetining asossiz va qo‘pol ravishda buzilishi, deb atadi hamda o‘z elchisi Muhammad Mudasir Tipuni Tehrondan chaqirib oldi. Ertasi kuni Pokiston Eronga qarshi hujum uyushtirdi. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi va Pokiston qurolli kuchlari yuqori shay holatga keltirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Pokiston bitm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing