Pokiston Eron hududiga javob zarbalarini berdi
Olam
−
18 yanvar
12900Pokiston Eron hududiga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda Pokiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
"Bugun ertalab Pokiston Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi terrorchilar boshpanalariga bir qator aniq harbiy zarbalar berdi. Operatsiya davomida bir qancha jangarilar yo‘q qilindi", deyiladi TIV bayonotida.
Eronning “Mehr” axborot agentligiga ko‘ra, mamlakat janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatida joylashgan Seravon shahri yaqinida portlashlar sodir bo‘lgan.
Pokiston TIV esa Islomobod bir necha yillardan beri Eronga “asli pokistonlik terrorchilar” o‘z hududida boshpana berayotganidan xavotir bildirgan, biroq Tehron ularga qarshi yetarlicha chora ko‘rmagan.
“Pokiston Eron Islom Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq hurmat qiladi. Bugungi harakatning yagona maqsadi Pokistonning o‘z xavfsizligi va milliy manfaatlarini ta’minlash edi… Xalqaro huquq doirasidagi qonuniy huquqlarimizdan foydalangan holda Pokiston hech qachon hech qanday bahona va sharoitda o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligi shubha ostiga olinishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Pokistondagi “Jaysh al-Adl” jangari guruhining ikki qarorgohiga raketa va uchuvchisiz samolyotlari bilan zarba bergandi. Pokiston bu hujumni Tehron tomonidan asossiz qoidabuzarlik, mamlakat suverenitetining asossiz va qo‘pol ravishda buzilishi deb atadi hamda o‘z elchisi Muhammad Mudasir Tipuni Tehrondan chaqirib oldi.
LiveBarchasi