Eron Tashqi ishlar vaziri Moskvaga yo‘l oldi
Olam
−
28 mart 2023
7331Bugun, 28 mart kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyn Tehrondan Moskvaga uchib ketdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Eron TIV rahbari Rossiya poytaxtiga rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrovning taklifiga binoan bormoqda.
Ta’kidlanishicha, tashrif chog‘ida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning turli jihatlarini, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi qator masalalarni muhokama qiladi.
Mahalliy nashrlar esa Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jaloliga tayanib, Abdullaxonning Moskvada Lavrov bilan “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘lagini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyatini ko‘rib chiqish rejalashtirganini xabar qilgan.
Ta’kidlash joizki, uchrashuvda boshqa masalalar, xususan, AQSHning Eronga tahdidlari ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 mart kuni esa Pentagon Suriyadagi Eron kuchlariga havo hujumi uyushtirgandi. Bugun, 28 mart kuni esa Pentagon Tehron yadroviy qurol ishlab chiqarishni davom ettirishga qaror qilgan taqdirda Eronga qarshi harbiy kuch ishlatishning bir qator variantlarini tayyorlaganini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi