Eron Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqador shaxslar ro‘yxatini tuzdi

Olam

image

Eron Hukumati Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy o‘limiga aloqador bo‘lgan shaxslarning ro‘yxatini tuzdi. Unga 48 kishi kiritilgan. Bu haqda “Mehr News” xabar berdi.

Inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Ali Bageri Qonining aytishicha, Eron rasmiylari Sulaymoniyning qotilligiga aloqador bo‘lgan 48 kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan va ularni javobgarlikka tortish uchun choralar ko‘ryapti. Xususan, Tehron IIPK generalining o‘ldirilishiga u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan davlatlarga murojaat qilib, axborot berishni talab qilgan.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Eron Hukumati shunday murojaat yo‘llagan so‘nggi davlat Germaniya bo‘lgan.

“Biz AQSHning Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasi Sulaymonini o‘ldirishda foydalanilgan dronlar bilan ma’lumotlar almashishda ishtirok etganini aniqladik”, degan Qoni.

Avvalroq, 26 dekabr kuni IIPK qo‘mondonining o‘rinbosari Muhammad Hijozi general Sulaymoniy o‘limi uchun qasos olish hamon kun tartibida turganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy joriy yilning 3 yanvar kuni Bag‘dod aeroportida AQSH havo hujumi natijasida o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy mojaro qurolli to‘qnashuvga aylanish xavfi yuzaga kelgandi.

Xususan, Iroqdagi AQSH elchixonasi oldiga bir necha bor raketa tushgan. Bundan tashqari, Eron Iroqdagi AQSH harbiy bazalarini bombardimon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim Sulaymoniy

Baholaganlar

292

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing