Eron Sudanni Qizil dengiz sohilida harbiy baza qurishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi – WSJ 

Olam

image

Tehron Qizil dengizning Sudan qirg‘og‘ida o‘zining harbiy-dengiz bazasini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bordi, ammo ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda Sudan razvedkasi xodimi Ahmad Hasan Muhammadga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan Eron dengiz transportini nazorat qilishga umid qilgan, shuningdek, bazadan “razvedka ma’lumotlarini yig‘ish” uchun foydalanishni va u yerda harbiy kemalarni joylashtirishni rejalashtirgan. 

Sudanning roziligi evaziga Tehron mamlakatning tezkor bo‘linmalari bilan qurolli to‘qnashuvni davom ettirayotgan Sudan armiyasiga vertolyot tashuvchi kema yetkazib berishga va’da bergan.

“Biroq Xartum Eronning taklifini qabul qilmadi, chunki u AQSH va Isroil bilan munosabatlarni murakkablashtirishni istamadi”, deydi nashr suhbatdoshi. 

Gazetaning da’vo qilishicha, Tehron Yamandagi husiylar harakatini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda ishtirok etadi. Eronning BMTdagi doimiy vakili avvalroq AQSHning bu boradagi ayblovlarini rad etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Sudan Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing