Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib bermoqchi – “Reuters”
Olam
−
10 avgust
4673Eronda o‘nlab rossiyalik harbiy xizmatchilar yaqinda Rossiyaga yetkazib berilishi rejalashtirilgan Fath-360 ballistik raketalaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitilmoqda. Bu haqda Yevropa razvedka agentliklaridagi manbalariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
“Moskvaning o‘z ballistik raketalari bor, biroq Fath-360 ning Rossiyaga yetkazib berilishi front chizig‘idan uzoqdagi nishonlarga zarba berish uchun o‘z arsenalidan ko‘proq foydalanish imkonini berishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Bir nechta maxfiy razvedka manbalariga ko‘ra, rasmiylar Rossiya harbiylari Eronga 360 km maksimal diapazonli raketalarni va 75 kg jangovar kallakni ishga tushiradigan Fath-150 mudofaa tizimini qanday boshqarishni o‘rganish uchun ham tashrif buyurishgan.
AQSH milliy xavfsizlik kengashi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi ittifoqchilari, agar Eron bunday transferlar bilan oldinga siljiydigan bo‘lsa, tezkor va keskin javob qaytarishga tayyorligini ta’kidlagan. Biroq Rossiya Mudofaa vazirligi izoh uchun so‘rovga javob bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroil bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun Rossiya ilg‘or havo mudofaa tizimlarini so‘ragani xabar qilingandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi