Eron pul birligi o‘zgardi. Endi uning nomi rial emas

Olam

image
Eronda masjidlar ochilishiga ruxsat berildi north_east

Eronda masjidlar ochilishiga ruxsat berildi

Eron parlamenti dushanba kuni pul tizimi va banklar to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Endi mamlakatning milliy valyutasi avvalgi kabi rial emas, balki tuman deb ataladi.

Bir tuman 10 ming rialga teng bo‘ladi. Valyutani almashtirish uchun o‘tish davri ikki yilni tashkil etadi. Bu vaqt ichida hukumat asta-sekin eski tangalar va banknotalarni muomaladan chiqarib, ularni yangilariga almashtiradi.

Ta’kidlanishicha, aslida bu o‘zgarish loyihasi 2016 yildayoq qabul qilingan edi. Lekin shu paytgacha muhokamada bo‘lgan qarorning qabul qilinishi noma’lum sabablarga ko‘ra kechiktirib kelindi.

Aslida tuman Eronda oldin ham muomalada bo‘lgan. Ushbu valyuta 1932 yilgacha mamlakat pul birligi hisoblangan.

So‘nggi yillarda AQSH sanksiyalari tufayli rial kursi barqaror ravishda pasayib bormoqda. Qora bozorda AQSH dollarining rial kursi 1 dollarga 150 000 rialgacha tushib ketdi.

Ma’lum qilinishicha, tasdiqlangan tuzatishlar bitimlarni osonlashtirishga, qog‘oz pullar va tangalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga va pul tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Valyuta

Baholaganlar

533

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing