Eron prezidentligiga nomzodlarning yakuniy ro‘yxati qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarning yakuniy ro‘yxati 11 iyun kuni e’lon qilinadi. Bu haqda Tehron viloyati saylov shtabining kotibi Abbos Johariy ma’lum qildi.

“Prezident sayloviga nomzodlarning yakuniy ro‘yxati 11 iyun kuni e’lon qilinadi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish 30 may kuni boshlanadi va 5 kun davom etadi”, deydi u IRIB telekanali efirida.

Johariyning qo‘shimcha qilishicha, nomzodlarning yakuniy ro‘yxati e’lon qilinganidan keyin ular yana 15 kun davomida saylovoldi tashviqotini olib borishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, 20 may kuni Eron rasmiylari mamlakatdagi ijroiya hokimiyati rahbari uchun muddatidan oldin saylovlar 28 iyunga belgilanganini e’lon qildi. Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida 19 may kuni vertolyot halokatida prezident Ibrohim Raisiy vafot etgani munosabati bilan Eron tarixidagi 14-prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron prezident saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing