Eron Prezidentining qoldirilgan Turkiya safari qachon amalga oshishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image
Erdo‘g‘an nega Eron Prezidentidan “arazlagan”i aytildi north_east

Erdo‘g‘an nega Eron Prezidentidan “arazlagan”i aytildi

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy 2024 yilning 4 yanvar kuni Turkiyaga safar qilishi mumkin. Bu haqda “Hürriyet” gazetasi xabar berdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar o‘zgarishlar bo‘lmasa, tashrif belgilangan sanada amalga oshiriladi. Agar u Anqaraga borsa, muzokaralarning asosiy mavzularidan biri terrorizmga qarshi kurash bo‘ladi. Bu masala Turkiyada so‘nggi kunlarda Anqara terrorchi deb tan olgan Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilarining hujumlari oqibatida 12 askar halok bo‘lgani munosabati bilan qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Raisiy 28 noyabr kuni tashrif buyurishi, shuningdek, Oliy darajadagi hamkorlik kengashi yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilayotganini ma’lum qilgandi. Biroq Raisiyning safari qoldirildi. Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyonning tushuntirishicha, tashrif BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishi sabab qoldirilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan esa Raisiy Oliy darajadagi hamkorlik kengashining 8-yig‘ilishi munosabati bilan Turkiyaga “tez orada tashrif buyurishi”ni aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Eron Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing