Eron poytaxti ko‘chirilmaydigan bo‘ldi
Olam
−
12 noyabr 5013 1 daqiqa
Eron hukumati Tehrondan poytaxtni ko‘chirish masalasini kun tartibidan olib tashladi. Suv tanqisligini hal qilish uchun Fors ko‘rfazidan suvni Tehronga haydash loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Prezidentning dengiz resurslarini boshqarish bo‘yicha vakili Ali Abdulalizoda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy reja – poytaxtdagi suv va ekologik muammolarni yangi texnologiyalar va resurslarni samarali boshqarish orqali Tehronning o‘zida hal etishdan iborat.
Abdulalizoda, shuningdek, Fors ko‘rfazidan Tehronga suv uzatish loyihasi ming kilometr uzunlikda bo‘lib, u eronlik mutaxassislar tomonidan to‘liq yakunlangani va hozirda Tehron uchun yagona ishonchli ichimlik suvi manbai sifatida ko‘rilayotganini ta’kidlagan.
Tehronda kamida beshta yirik suv ombori mavjud bo‘lib, ular orqali shahar ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Ammo bularning barchasi abgor holatga kelib qolgan. Shu sababli 9 noyabrdan boshlab kechasi suv bosimi pasaytirilgan.
Omborlardagi suv zaxiralarining kamayishi bu yil kuzatilgan so‘nggi 60 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilik va issiq to‘lqinlar bilan bog‘liq. Shu bilan birga, mutaxassislarning fikricha, bu inqirozning asl sababi – suv resurslarini samarasiz boshqarish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi sust islohotlardir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Tehron aholisi evakuatsiya qilinishi va poytaxtni Fors ko‘rfazi sohiliga ko‘chirish ehtimoli borligini aytgan edi.
Live
Barchasi