Eron Ozarbayjonga qilingan hujumni Isroilga to‘nkadi

Olam

image

Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Eron hududidan Ozarbayjon Respublikasiga dron uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Bosh shtabga tayanib, “Tasnim” xabar berdi

E’lon qilingan bayonotda Bosh shtab qo‘shni mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilishi bildirilgan.

“Eron Islom Respublikasi barcha davlatlarning, xususan, qo‘shni va musulmon mamlakatlarning suverenitetini hurmat qilgan holda, Ozarbayjon Respublikasiga qarshi har qanday dron uchirilganini rad etadi”, deyiladi bayonotda.

Eron Bosh shtabi olib borilgan tergovlar natijasiga ko‘ra, ushbu harakatning aslida Isroil rejimi tomonidan Eronni ayblash hamda “soxta sionist rejim” tomonidan musulmon davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni buzish maqsadida amalga oshirilgani ta’kidlangan.

Eronning Ozarbayjonga hujumi

Bugun, 5 mart kuni Eron raketasi Ozarbayjonning Naxichevon Muxtor Respublikasi hududidagi aeroportga qulab tushdi.

Naxichevon Ozarbayjonning Eron, Turkiya va Armaniston bilan chegaradosh eksklavi bo‘lib, Janubiy Kavkazda strategik jihatdan muhim hudud hisoblanadi. Agar bu hodisa tasdiqlansa, mintaqaviy xavfsizlik va siyosiy vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.  

Mazkur voqeadan so‘ng, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi. Unda bitta dron Naxichevon xalqaro aeroportining terminal binosiga zarba bergan, yana boshqa bir dron esa Shakarobod qishlog‘idagi maktab binosi yaqiniga tushgan. Hududdagi maktab o‘quvchilar va o‘qituvchilari esa evakuatsiya qilingan. 

Mazkur voqeadan so‘ng Eron Islom Respublikasining Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Mujtabo Demirchilu Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan, u yerda Eron tomoniga keskin norozilik bildirilgan va tegishli norozilik notasi topshirilgan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Eronning Naxichevon Muxtor Respublikasidagi aeroportga qilgan hujumi javobsiz qolmasligini bildirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, hujumdan jiddiy xavotir bildirgan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Eronning Naxichevonga qilgan hujumini terroristik deb atadi va buning uchun uzr so‘rashi kerakligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon Naxichevon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing