Eron oliy rahbari ayrim musulmon davlatlarini Isroil bilan savdo qilayotganlikda aybladi

Olam

image

Eron oliy rahbari Ali Homanaiy ayrim musulmon davlatlarini Isroil bilan faol savdo qilayotganlikda aybladi. Bu haqda Eron yetakchisi saytida xabar berildi.

Uning fikricha, aholisi asosan islomiy bo‘lgan davlatlar Isroil bilan hamkorlik qilmasligi kerak.

“Musulmon davlatlari hukumatlari energiya va tovarlarning sionistik rejim qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak”, deyiladi Eron rahbari saytida.

Materialga ilova qilingan infografikada Qozog‘iston Ozarbayjon bilan birga keltirilgan. Unda aytilishicha, MDHning ushbu davlatlari may oyining o‘rtalaridan oktyabrgacha 220 ming barrel neft yetkazib bergan, bu Isroilning umumiy neft importining 60 foizini tashkil qiladi.

Isroilga tovar va xomashyo eksport qiluvchi boshqa musulmon davlatlari orasida Misr, Bahrayn, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari bor. Eksport hajmi bo‘yicha 5,7 milliard dollarlik hajmi bilan Turkiya yetakchilik qilmoqda. Eron ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich bilan u Isroilga import qilinadigan mahsulotlarni yetkazib beruvchilar orasida beshinchi o‘rinni egallaydi.

Hujjat mualliflari ma’lumotlarni qayerdan olgani ko‘rsatilmagan.

“Ushbu infografikada ishonchli manbalarga asoslangan statistik ma’lumotlar keltirilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Isroil Ali Homanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing