“Amerikalik masxarabozlar”. Eron Oliy rahbari 8 yilda ilk bor juma namozini boshqardi
Olam
−
17 yanvar 2020
11673Eron Oliy rahnamosi Oyatullo Ali Homanaiy 8 yilda ilk marta shaxsan Tehrondagi Mosalloh masjidida juma namozini o‘tkazdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Tehronda “Ukraina xalqaro havo yo‘llri” aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyotining raketa bilan urib tushirilishi ortidan boshlangan ommaviy namoyishlar sabab shunday qarorga kelingani taxmin qilinyapti.
Samolyot halokati 8 yanvar kuni sodir bo‘ldi. Eron hukumati 11 yanvar kun samolyot inson xatosi sabab urib tushirilganini tan oldi.
Homanaiy juma namozidan keyin nutq so‘zlab, Amerika va uning ittifoqchilari diqqatni general Qosim Sulaymoniy o‘limidan boshqa tarafga qaratish uchun havo kemasi halokatidan foydalanayotganini aytib o‘tdi.
“Mintaqa barcha zulmkorlardan tozalanmaguncha, qarshilik ko‘rsatishni davom ettirish kerak”, degan Homanaiy qarshisiga yig‘ilgan minglab eronliklarga qarata.
Homanaiyning g‘azablanishiga AQSH Prezidenti Donald Trampning Erondagi namoyishlarni qo‘llab yozgan tvitlari ham sabab bo‘lgan.
“O‘zini Eron xalqi bilan ekanini aytayotgan amerikalik masxarabozlar Eron xali nima ekanini ko‘rishi kerak”, degan Oliy rahnamo.
O‘z nutqida Ali Homanaiy Tramp administratsiyasini tanqid qilib, Islom inqilobi posbonlari korpusini insonparvar tashkilot deb atagan.
Ma’lumot uchun, Homanaiy juma namozini so‘nggi bor 2011 yil “arab bahori” avjiga chiqqan vaqtda boshqargan. O‘shanda u butun arab olami uni eshitishi uchun nutqini arab tilida so‘zlagan.
Bugungi chiqishida Oliy rahbar xatolik tufayli Ukraina yo‘lovchi samolyotini urib tushirib, 167 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan va eronliklarning g‘azabiga uchragan Islom inqilobi posbonlari korpusini himoya qilishga urindi.
LiveBarchasi