“Eron namoyishchilarni o‘lim bilan qo‘rqityapti”. BMT Eronda tekshiruv o‘tkazmoqchi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashi kecha, 24 noyabr kuni Eron Islom Respublikasi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi. Unga 25 davlat yoqlab, 6 tasi qarshi va 16 tasi betaraf ovoz berdi. Ushbu rezolyutsiyaning qabul qilinishi bilan Inson huquqlari kengashi Eron Islom Respublikasida 2022 yil 16 sentyabrda boshlangan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq da’vo qilingan inson huquqlari buzilishini tekshirish uchun mustaqil xalqaro faktlarni aniqlash missiyasini tuzdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Matbuot xizmati xabar berdi.  

BMTning Inson huquqlari oliy komissari Volker Turk, Kengashda so‘zlagan nutqida, xavfsizlik kuchlari, xususan, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va Basijning namoyishchilarga qarshi haqiqiy o‘q-dori, o‘q, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va to‘plardan foydalanganini ta’kidladi. 

“Mamlakatda nimalar bo‘layotganini ko‘rish meni qi    ynayapti. O‘ldirilgan bolalarning fotosuratlari. Ko‘chalarda kaltaklangan ayollar. O‘limga hukm qilingan odamlar”, deydi Turk Kengashga murojaat qilib.  -  

Uning ta’kidlashicha, keraksiz va nomutanosib kuch ishlatish to‘xtatilishi kerak. 

Oliy komissarning qayd etishicha, uning idorasiga Erondan bu holat yuzasidan ko‘plab da’volar, jumladan, ichki tekshiruvlar ham kelib tushgan. 

“Bu harakatlar xolislik, mustaqillik va oshkoralik xalqaro standartlariga javob bermaydi”, deydi Turk. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kamida 60-70 kishi, jumladan, besh nafar bola, asosan kurdlar yashaydigan hududlardan halok bo‘lgan. Shuningdek, u kurdlarning Pironshehr, Javanrud va Mahobod shaharlaridagi vaziyatni “tashvishli” deb baholadi. 

“Kamida 15 000 kishi hibsga olingan va Eron rejimi hozir namoyishchilarni o‘lim jazosi bilan qo‘rqitmoqda. Va nima uchun? Chunki bu ayollar, erkaklar va bolalar barchamiz foydalanmoqchi bo‘lgan huquqlardan bahramand bo‘lishni xohlashadi: qadr-qimmat va kamsitishlarsiz yashash”, deydi Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok.

Mahsa Amini vafoti va namoyishlar

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.

Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi. Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi a’zolariga hujum qilgan, Qur’onni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Mahsa Amini

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing