Eron mudofaa masalasida AQSH bilan muzokaraga kirishmasligini aytdi

Olam

image

Eron Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyor, biroq bu jarayon adolatli bo‘lishi va mamlakatning mudofaa salohiyatiga taalluqli masalalarni o‘z ichiga olmasligi kerak. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi kecha, 29 yanvar kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Keltirilishicha, Eron tashqi ishlar vaziri hozircha Tehron va Vashington o‘rtasida hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini, biroq Eron muloqot uchun ochiq ekanini bildirgan.

“​Agar muzokaralar adolatli va teng huquqli asosda olib borilsa, Eron ularda ishtirok etishga tayyor”, dedi Abbos Aroqchi.

Shu bilan birga, u AQSHning harbiy tahdidlarga munosabat bildirar ekan, Tehron muzokaralarga ham, ehtimoliy urushga ham tayyor ekanini qayd etdi. Shuningdek, Aroqchi Eron mintaqada barqarorlik va tinchlikni ta’minlash yo‘lida qo‘shni hamda ittifoqchi davlatlar bilan hamkorlik qilishga ochiqligini bildirdi.

Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni kabi mintaqaviy davlatlar Vashington va Tehron o‘rtasida ehtimoliy harbiy to‘qnashuvning oldini olish maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp Eron bilan murosaga kelish niyati borligini bildirgani haqida xabar berilgandi. AQSHning muzokaralar borasidagi asosiy talablaridan biri Tehronning raketa dasturini cheklash ekanini aytgan. Eron tomoni esa bu talabni qat’iyan rad etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Qo'shma Shtatlar Abbos Aroqchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing