Eron Xoniyaning qanday o‘ldirilgani bo‘yicha tergov natijalarini e’lon qildi
Olam
−
03 avgust 2024
30126HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan jangovar kallakli qisqa masofaga uchuvchi o‘q bilan o‘ldirilgan. Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining tergov yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotida aytiladi.
“Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu terroristik operatsiya mehmon uyi tashqarisida kuchli portlash bilan birga og‘irligi taxminan 7 kg bo‘lgan jangovar kallakli qisqa masofali raketani otish orqali amalga oshirilgan”, deyiladi xabarda.
Hujjatda, shuningdek, Xoniyaning o‘ldirilishi Isroil tomonidan AQSH hukumati ko‘magida uyushtirilgani qayd etilgan.
"Ushbu harakat sionistik rejim tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan, shuningdek, Amerikaning jinoiy hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Avanturist va terrorchi sionistik rejim bu jinoyati uchun javob beradi va o‘z vaqtida, tegishli joyda va munosib tarzda qattiq jazolanadi”, deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tehronda Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan 20 kishi hibsga olingani xabar qilingandi. Amerikaning “The New York Times” gazetasi Xoniya ikki oy oldin Tehrondagi qarorgohida o‘rnatilgan bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qildi. Uning manbalariga ko‘ra, portlovchi qurilma Xoniya o‘z xonasida paydo bo‘lganidan keyin masofadan turib ishga tushirilgan. Britaniyaning “The Daily Telegraph” gazetasi esa “Mossad” Eron xavfsizlik xizmati xodimlarini Ismoil Xoniya istiqomat qilayotgan Tehrondagi mehmon uyiga portlovchi moslamalarni joylashtirish uchun yollaganini yozdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar