Eron Isroilga yana zarba berdi: Microsoft ofisi yoniga raketa tushdi (video)

Olam

image

Bugun, 20 iyun kuni ertalab Isroil janubida xavf signali yangradi. Erondan taxminan uchta raketa uchirilgan va ulardan biri Microsoft kompaniyasi ofisiga yaqin joyga tushgan. Bu haqda Isroil armiyasi (SAXAL) xabar berdi.

“Hozirgi vaqtda Isroil harbiy-havo kuchlari raketalarni yo‘q qilish va tahdidni bartaraf etish uchun zarur joylarga zarbalar bermoqda”, deyiladi bayonotda.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) raketa uchirilganini tasdiqlagan. Ularga ko‘ra, ehtimoliy nishon Nevatim harbiy aviabazasi bo‘lgan. U joylashgan Beer-Sheva shahrida xavf signali ishga tushgan.

Manbalarga ko‘ra, raketalardan biri Microsoft kompaniyasi ofisi yaqiniga tushgan. Keltirilgan zararlar tufayli shaharda temiryo‘l stansiyasi ham yopilgan. Hujum oqibatida kamida 18 kishi yaralangan.

“Ynet” portali dastlabki ma’lumotlarga tayanib, bir yoki uchta raketa uchirilganini xabar qildi. Ular janubiy shahar – Beer-Shevada portlagan. Uylarga katta shikast yetgan, avtomobillar yonib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil hududiga yangi raketa hujumlari uyushtirilgani va ulardan biri Isroil janubidagi Beer-Sheva shahrida joylashgan “Soroka” nomli shifoxonaga tushgani xabar qilingandi. Keyinroq esa ushbu hujumning asl nishoni SAXAL tomonidan foydalanilgan Gav-Yam Negev texnologik parki bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron-Isroil raketa zarbasi Beer-Sheva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing