Eron Isroil zarbasiga qarshi hujum rejasini ishlab chiqdi – NYT

Olam

image
Yaqin Sharq “portlash” arafasida north_east

Yaqin Sharq “portlash” arafasida

Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroil tomonidan hujumga uchragan taqdirda javob choralarini muhokama qildi. Bu haqda manbasiga tayanib, “The New York Times” gazetasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Eron javob rejasini ishlab chiqqan bo‘lib, u yahudiy davlati hududiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumga o‘tishni nazarda tutadi.

CBS telekanali xabar qilishicha, AQSH rasmiylari Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlashga tayyor ekani haqida ma’lumot olgan. “Axios” internet portaliga ko‘ra esa, AQSH Prezidenti Donald Tramp 9 iyun kuni telefon orqali suhbatda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni bunday qadamdan ogohlantirgan.

O‘z navbatida, AQSH harbiy doiralari vakilining ma’lum qilishicha, Mudofaa vaziri Pit Hegset xavfsizlik nuqtai nazaridan amerikalik harbiylarning oila a’zolarining Yaqin Sharqdan “ixtiyoriy ravishda chiqib ketishiga” ruxsat bergan. O‘z navbatida, Davlat departamenti AQSHning Iroqdagi elchixonasi xodimlarining bir qismiga “mintaqadagi keskinlik kuchayishi” sababli mamlakatni tark etishni buyurganini aytdi.

Bu qadamlarni izohlar ekan, Tramp shunday dedi: 

“Ular bu joy xavfli bo‘lishi mumkinligi uchun olib ketilmoqda. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi”.

Kecha, 11 iyun kuni Eron Mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda AQSH bilan urush boshlangan taqdirda Amerikaning Yaqin Sharqdagi barcha harbiy bazalariga hujum qilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing