Eron Isroilga “dahshatli zarba” tayyorlamoqda

Olam

image

Eron Isroil hujumlariga javoban “vayronkor zarba” berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, javob zarbalari allaqachon yo‘llangan bo‘lishi ham mumkin, lekin bu rasmin tasdiqlanmagan.

Bugun, 28 fevral kuni ertalab Isroil Eronga zarba berdi. Tehron shahrida kamida uchta portlash qayd etilgan bo‘lib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashlar poytaxt markazida sodir bo‘lgan.

Isroil mudofaa idorasi rahbari hujumda AQSHning ham ishtiroki borligini tasdiqlagan. Uning aytishicha, harbiy operatsiya bir necha oy davomida rejalashtirilgan va boshlanish sanasi bir necha hafta avval belgilangan.

Shu orada Tramp ham zarbalarga AQSH ishtirokini tasdiqlagan. Oq uy yetakchisi, shuningdek, eronliklarga murojaat qilib, mamlakatdagi Oyatulloh rejimini ag‘darishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Oyatulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing