Eron futbol federatsiyasi AQSH ustidan FIFA'ga shikoyat qilmoqchi

Sport

image

Eron futbol federatsiyasi FIFA axloq qo‘mitasiga AQSH terma jamoasining Twitter sahifasida mamlakat bayrog‘i tasviri o‘zgartirilganligi sababli Amerika jamoasini 10 o‘yinga diskvalifikatsiya qilish talabi bilan shikoyat yuboradi. Bu haqda Eron terma jamoasining huquqiy maslahatchisi A.Faganpur ma’lumotiga tayanib, "Tasnim" agentligi xabar berdi.

Avvalroq, AQSH terma jamoasining rasmiy Twitter akkauntida Jahon chempionatining"B" guruhi jadvali e’lon qilingan edi. Jadvalda Eron bayrog‘i o‘rtasidagi ramzlar ko‘rsatilmagan. Eron rasmiy bayrog‘ida "Alloh" so‘zining xattotlik varianti hamda “Alloh buyukʼ” iborasi 22 marta uchraydi. Keyinchalik "Team USA"ning Twitter'i postni o‘chirib tashladi va Eron rasmiy bayrog‘i tasviri tushirilgan suratni e’lon qildi.

“Davlat bayrog‘iga hurmat ko‘rsatish boshqa barcha davlatlar amal qilishi kerak bo‘lgan xalqaro amaliyotdir. Eron bayrog‘iga qarshi qilingan harakatlar axloqiy emas va xalqaro qonunlarga zid. Mamlakat sha’nini kamsitgani uchun irqiy, etnik, milliy, siyosiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra, AQSH kamida 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi kerak yoki boshqa intizomiy chora ko‘rilishi kerak”, deydi Faganpur.

AQSH va Eron terma jamoalari guruh bosqichining so‘nggi, uchinchi turida to‘qnash keladi. Ikki turdan keyin Eron terma jamoasi 3 ochko bilan ikkinchi, AQSH terma jamoasi uchinchi o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSH Eron

Baholaganlar

733

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing