Eron flotining bosh qo‘mondoni o‘ldirildi
Olam
−
11:10 4029 1 daqiqa
Isroil zarbalari oqibatida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusi dengiz flotining bosh qo‘mondoni Alirizo Tangssiri halok bo‘ldi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.
Nashrning ma’lumot berishicha, bugun, 26 mart kuni Alirizo Tangssiri janubiy port shahri Bender-Abbasdagi Eron dengiz bazasiga uyushtirilgan zarba oqibatida halok bo‘lgan. Nashrda aytilishicha, zarba Isroil tomonidan berilgan.
Hozircha Isroil va Eron rasmiylari bu ma’lumotni tasdiqlamagan.
Isroil rasmiysining aytishicha, aynan Alirizo Tangssiri dunyoning eng muhim dengiz yo‘llaridan biri bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozini yopish uchun javobgar bo‘lgan, bu bo‘g‘oz orqali jahonning katta qismi neft ta’minoti o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Eron Mudofaa kengashi Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun yangi qoidalarni e’lon qilgan edi. Hujjatga ko‘ra, dunyodagi muhim neft yo‘li orqali xavfsiz o‘tish huquqi endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron hukumati bilan hamkorlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Live
Barchasi