Eron bir vaqtning o‘zida Isroilning butun energetika sektoriga hujum qilish bilan tahdid qildi

Olam

image

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy juma namozi oldidan qilgan xutbasida o‘tgan 1 oktyabr kuni Isroilga qilingan raketa hujumi Tehronning Isroil hukumati harakatlariga eng yumshoq javobi bo‘lganini aytdi.

“Qurolli kuchlarimiz qilgan ish sionistik rejimning zo‘ravonliklari uchun eng kam jazo edi. Vampir, bo‘ri rejimi, mintaqadagi Amerikaning aqldan ozgan iti”, dedi Tehronda besh yil ichida birinchi marta juma namoziga imomlik qilgan Xomanaiy.

Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, Eron barcha majburiyatlarini kuchli va qat’iy bajaradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, uning mamlakati “na ikkilanadi, na shoshiladi”.

Eron oliy rahbarining aytishicha, AQSHning Isroil rejimini saqlab qolish istagi Isroilni Yaqin Sharq mintaqasi egalik qiladigan va AQSH jahon mojarolarida foydalanadigan resurslarni qo‘lga kiritish vositasiga aylantirish uchun niqobdir.

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Ali Fadaviyning ma’lum qilishicha, Eron mamlakatga ehtimoliy hujumlarga javoban Isroilning energetika ob’ektlariga hujum qiladi. Unga ko‘ra, Eron armiyasi mamlakatning butun energetika tizimiga zarba berishga qodir.

“Agar bosqinchilar xato qilsalar, biz ularning barcha energiya manbalari, stansiyalari, barcha neftni qayta ishlash zavodlari va gaz konlariga zarba beramiz”, dedi Ali Fadaviy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroilda bor-yo‘g‘i uchta elektr stansiyasi va bir nechta neftni qayta ishlash zavodlari bor. Fadaviyga ko‘ra, Eron ularga bir vaqtda hujum qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr oqshomida Eron Isroil tomon 180 dan ortiq ballistik raketa uchirgandi. Bir kishi halok bo‘ldi, kamida ikki kishi yaralandi. Tehron bu hujumni “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrullohning o‘limi uchun qasos deb atadi. “Axios”ning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati Eronga javob berishni “o‘z-o‘zidan rejalashtirmoqda”, ammo mumkin bo‘lgan strategik oqibatlar tufayli rejalarni AQSH bilan muvofiqlashtirish niyatida. OAV Isroil ham Eron yadroviy inshootlariga hujum qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing