Eron bilan mojaro fonida AQSHda raketalari tugamoqda

Olam

image

Eronga qarshi harbiy operatsiya fonida AQSH Qurolli kuchlarining raketa zaxiralari tugab bormoqda. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, birinchi navbatda yer usti nishonlariga zarba berish uchun qo‘llaniladigan “Tomahawk” raketalari hamda SM-3 rusumli zenitga qarshi raketalar zaxirasi kamaymoqda.

Avvalroq, harbiy ekspert Yuriy Knutov AQSH Prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi operatsiya taxminan to‘rt hafta davom etishi mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh bergan edi. Uning fikricha, shu muddatga kelib amerikalik harbiylarda raketa zaxiralari tugashi mumkin. Ekspertning ta’kidlashicha, bunday vaziyatda Eron armiyasi Isroil va AQSHga jiddiy zarba berishi ehtimoldan xoli emas. Shuningdek, u Eronda raketalarni yer ostida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmagan.

2 mart kuni “Bloomberg” agentligi noma’lum yuqori lavozimli manbalarga tayanib, Qatarda g‘arbda ishlab chiqarilgan Patriot zenit majmualari uchun mo‘ljallangan raketa zaxiralari juda cheklangan miqdorda qolganini yozgan. Qayd etilishicha, bu yaqin vaqt ichida mamlakatning Eron hujumlarini qaytarish imkoniyatlarini jiddiy ravishda cheklashi mumkin.

Donald Tramp esa avvalroq AQSH va Isroil Tehronning raketa salohiyatini maqsadli ravishda yo‘q qilayotganini bildirgan, biroq Eron raketalarining sifati yuqori ekanini tan olgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing