Eron bilan hamkorlik, qarzdor Qirg‘izistonga yordam, Bojxona imtiyozlari – YeOII sammitida qanday hujjatlar imzolandi?
Olam
−
13 dekabr 2021
6334Xabaringiz bor, joriy yilning 10 dekabrda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi (YeOII) navbatdagi yig‘ilishi videokonferensiya formatida o‘tkazildi.
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev raisligida o‘tkazilgan sammit yakunlari bo‘yicha iqtisodiy, siyosiy, transport sohalariga doir quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
• “Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025 yilgacha rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2020 yil 11 dekabrdagi 12-sonli OEOIIK qarorini amalga oshirishning borishi to‘g‘risida”gi masala doirasidagi topshiriqnoma;
• yuklarni kuzatish uchun YeOIIda navigatsiya plombalaridan foydalanish bo‘yicha kelishuv;
• navigatsiya plombadagi ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha yagona chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhini tuzish to‘g‘risidagi farmoyish;
• YeOII va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida erkin savdo zonasini shakllantirishga olib keladigan vaqtinchalik kelishuvga protokolni imzolash masalalari to‘g‘risidagi qaror;
• 2022 yilda YeOII xalqaro faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi qaror;
• YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qaror;
• 2014 yil 29 maydagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi Shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma (“II Katta bayonnoma”);
• YeOII doirasida alohida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini liberallashtirish rejalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi farmoyish;
• qurilish sohasida yagona xizmatlar bozori faoliyatini ta’minlash to‘g‘risida qaror;
• yagona xizmatlar bozori faoliyati doirasida baholash faoliyatini amalga oshirish shartlariga umumiy yondashuvlar to‘g‘risidagi qaror;
• YeOII doirasida auditorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv;
• bojxona tranziti bojxona protsedurasiga muvofiq tovarlarni tashishda bojxona to‘lovlari, soliqlar, maxsus, dempingga qarshi, kompensatsiya bojlari to‘lash majburiyatini bajarishni ta’minlashga qaratilgan o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi bitim;
• 2014 yil 29 maydagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani, YeOII qonunchiligiga kiritilgan ayrim xalqaro shartnomalarni va YeOII organlarining hujjatlarini Qirg‘iziston tomonidan qo‘llash shartlari va o‘tish qoidalari to‘g‘risidagi bayonnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;
• 2020 yil uchun YeOII byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot bo‘yicha qaror;
• 2022 yil uchun YeOII byudjeti to‘g‘risidagi qaror;
• YeOII sudiga murojaat qilganda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan to‘lanadigan boj miqdorini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror;
• YeOII organlarida raislik qilish to‘g‘risidagi qaror;
• Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishini o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risidagi farmoyish;
• Qirg‘iziston Respublikasida umumiy davlat sektorida qarzdorlik darajasini pasaytirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror.
Ma’lumot o‘rnida, YeOII 2014 yil 29 mayda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston kabi davlatlar tomonidan tashkil etilgan. Yuqoridagi davlatlardan tashqari 2018 yildan bo‘yon Moldova, 2020 yildan O‘zbekiston va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar hisoblanadi.
Ittifoqning asosiy maqsadlari, milliy iqtisodiyotlarni har tomonlama modernizatsiya qilish, o‘zaro hamkorlik va raqobatbardoshlikni oshirish, a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.
YeOII a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy sohada tovar, xizmat, kapital va ishchi kuchi harakati erkinligini ta’minlaydigan kelishilgan yoki yagona siyosat yuritishni kafolatlaydi.
Avvalroq, videoanjumanda ishtirok O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev anjuman ishtirokchilariga 7 ta taklif bildirgani haqida xabar bergan edik.
Doston Iskandarov
LiveBarchasi