Mirziyoyev bugun Yevroosiyo iqtisodiy kengashi sammitida qatnashadi
Jamiyat
−
10 dekabr 2021 5406 1 daqiqa
Bugun, 10 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev raisligida o‘tadi. Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat – Kuba yetakchilarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibiga muvofiq, YeOII doirasidagi integratsiya jarayonlarini kengaytirish va ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yil dekabr oyidan buyon O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi hisoblanadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr