Eron aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlariga reyslar qo‘ymoqchi

Jamiyat

image

Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi Samarqand va Buxoroga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Kecha, 22 yanvar kuni Transport vazirligida “Zagros Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda “Zagros Airlines” aviakompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Morteza Sheyxassani bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki davlat o‘rtasida muntazam havo qatnovlarini qayta tiklash masalasi muhokama qilingan. 

Shuningdek, aviakompaniya vakillari yo‘nalishlar geografiyasini kengaytirish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.

Xususan, “Zagros Airlines” aviakompaniyasi Eronning turli shaharlaridan Samarqand va Buxoroga aviareyslar qo‘yish istagida ekanligini ma’lum qildi.  


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Eron

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing