Aripov eronlik investorlarga Xorazm va Samarqanddagi yerlarni taklif qildi

Biznes

image

Kecha, 11 may kuni Eronning Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Eron biznes forumida eronlik ishbilarmonlar Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlaridan keng foydalanishga taklif etildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Biznes forumining ochilishida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Eronning birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref so‘zga chiqdi.

“Mavjud zaxiralar chuqur tahlil qilinib, yangi o‘sish nuqtalari belgilandi, umuman olganda, 1 milliard dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlari shakllantirildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston dunyodagi ko‘plab davlatlar bilan imtiyozli savdo tizimiga ega ekani ma’lum qilinib, eronlik ishbilarmonlar Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlardan keng foydalanishga taklif etildi.

Bundan tashqari, o‘zaro savdoda barqarorlik kuzatilayotgani, xususan, tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollarga yetgani, qo‘shma korxonalar soni 210 dan oshgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29-30 aprel kunlari O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoyning Urumchi shahriga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Eron Abdulla Aripov eronlik investorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing