Eron AQSHga “abadiy pandemiya” bilan po‘pisa qildi
Olam
−
27 mart 2020
16007Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Vashingtonni sanksiyalarni to‘xtatishga chaqirdi. Vazirning ta’kidlashicha, shundoq ham koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda yordamga muhtoj bo‘lgan AQSH "abadiy pandemiya" bilan jazolanadi.
Kecha, 27 mart kuni Qo‘shma Shtatlar Eronga nisbatan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi hamda unga beshta tashkilot va 15 kishini qo‘shdi. AQSH Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sanksiyalar Eron Islom inqilobi posbonlari korpusini Eron va Iroqda qo‘llab-quvvatlayotgan tashkilotlarga nisbatan kiritilgan.
"COVID-19 butun dunyoga keng tarqaldi, har bir davlatga kirib bormoqda. Hatto dunyoning yirik iqtisodiyotiga ega davlat ham pandemiyaga qarshi kurashda boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘lmoqda. Ammo u Eronga qarshi o‘zining iqtisodiy terrorizmini to‘xtatishdan bosh tortmoqda. AQSH chindan ham “abadiy pandemiya”ni xohlaydimi?", deb yozgan Zarif Twitter’dagi o‘z sahifasida.
Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘z izohiga yaqinda Amerikaning Wall Street Journal nashrida chop etilgan maqola sarlavhasini ilova qilgan. Maqolada gap Trampning Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inga qo‘ng‘iroq qilib, koronavirusga qarshi kurashda yordam so‘ragani haqida boradi.
LiveBarchasi