Eron 30 yil ichida ilk bor AQSHga neft eksport qildi
Olam
−
29 may 2021
4627Eron 1991 yil noyabridan beri birinchi marta AQSHga neft va neft mahsulotlarini eksport qildi, o‘rtacha kunlik yetkazib berish miqdori 33 ming barrelni tashkil etdi. Bu haqda AQSH Energetika vazirligining Energiya axborotlari ma’muriyati e’lon qilgan ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.
Hisobotda, shuningdek, 2020 yil oktyabr oyida AQSH Erondan kuniga 36 ming barrel miqdorida neft mahsulotlarini import qilgani ko‘rsatilgan. Eron AQSHga oxirgi marta 1991 yil noyabr oyida neft eksport qilgan. O‘shanda yetkazib berishning o‘rtacha kunlik hajmi 64 ming barrelni tashkil etgan.
AQSH departamenti 1973 yildan keyingi ma’lumotlarga asoslanib xabar bergan. Ularga ko‘ra, Eron 1971 yildan 1979 yilgacha AQSHga muntazam ravishda neft va neft mahsulotlarini eksport qilgan. Shundan so‘ng, muntazamlik yo‘qolgan. 1988 yilda AQSH Erondan kuniga 1000 barrel neft va neft mahsulotlarini import qilar edi, keyin esa import 1991 yilning iyuligacha to‘xtatilgan.
Eron AQSHga yana besh oy neft yetkazib bergan, shundan so‘ng yetkazib berish 2020 yilning oktyabrigacha to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida AQSH Eronga qarshi ba’zi sanksiyalarni bekor qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi