Eron “Hizbulloh”ni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi

Olam

image

Isroil Livanga qarshi keng ko‘lamli urush boshlasa, Eron “Hizbulloh” harakatini qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning maslahatchisi va Eronning xalqaro aloqalar bo‘yicha strategik kengashi rahbari Kamol Xaroziy “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bunday vaziyatda “Hizbulloh”ni har qanday yo‘l bilan qo‘llab-quvvatlashdan boshqa ilojimiz yo‘q. Barcha Livan xalqi, arab davlatlari va qarshilik o‘qi Livanni Isroilga qarshi qo‘llab-quvvatlaydi”, deb ta’kidladi Xaroziy keng ko‘lamli mojaro yuzaga kelgan taqdirda Eron Livandagi harakatni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydimi, degan savolga javoban.

Biroq, Eron rahbari maslahatchisiga ko‘ra, mojaroning yanada kuchayishi va kengayishi “Eronning ham, AQSHning ham manfaatlariga mos kelmaydi. 

“Tehron Isroilning Livanda keng miqyosli harbiy operatsiya o‘tkazish tahdidini psixologik bosim deb biladi, ammo Isroil tomonining Livan yo‘nalishida keng ko‘lamli harbiy amaliyotlarini boshlashi qirg‘in urushiga olib keladi”, deb bayonot bergan Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi.

Iyun oyi o‘rtalarida Isroil armiyasi Livanga hujum qilish uchun operativ rejani tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Netanyaxu oldinroq ham G‘azo sektorida Isroil va HAMAS harakati orasidagi faol kurash bosqichi tez orada tugashini aytgandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa Isroilni Livanga qarshi urushni kengaytirayotganlikda aybladi.“Bild” gazetasi diplomatik doiralardagi manbalariga tayanib, Isroil iyul oyining ikkinchi yarmida Livan janubida “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkinligi haqida yozdi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing