O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3000 nafardan oshdi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
6031Bugun, 3 iyun kuni Toshkent shahri va Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar sog‘aydi va Respublika bo‘yicha shifo topganlarning umumiy soni 3014 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘uruq majmuasidan 5 nafar, jami 43 nafar bemor sog‘aygan va reabilitatsiyaga kuzatilgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayganlarning:
- 6 nafari Namangan viloyatidan;
- 5 nafari Toshkent shahridan;
- 3 nafari Samarqand viloyatidan;
- Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan.
Ma’lum qilinishicha, bemorlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning:
- 4 nafari Xorazm viloyatidan;
- 3 nafari Samarqand viloyatidan;
- Qoraqalpog‘iston Rspublikasi va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan.
Bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.
3-sonli tug‘uruq majmuasida shifo topganlarning 4 nafari Samarqand viloyatidan bo‘lib, ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda 2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol) esa Xorazm viloyatidan.
Toshkent shahrida bugunga qadar 1127 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning umumiy soni 1170 nafarga yetdi.
Bundan tashqari, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida ham koronavirusga chalingan 10 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, ularning 4 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda.
LiveBarchasi