Kurs UZS

USD

12 935.68

-7.71

EUR

14 164.57

56.27

RUB

158.80

5.1

Erkinjon Turdimov o‘ziga yangi o‘rinbosar tayinladi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning tegishli qarori bilan Abror Abduazimovich Xidirov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Fevral oyi boshida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan Alisher Bo‘riyevich Xidirov Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Turdimov Samarqandagi matbot kotibi Manuchehr Boborahimovich Mirzayevni chaqirib oldi va uni Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinladi


Maqola muallifi

Teglar

Erkinjon Turdimov Abror Xidirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing