Erkinjon Turdimovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
04 fevral 2025 9482 1 daqiqa
Alisher Bo‘riyevich Xidirov bugun, 4 fevraldan Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Alisher Xidirov mazkur tayinlovga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda 2018-2024 yillarda Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025