Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati. Bugun Olimpiada sovrindori gilamga chiqadi

Sport

image

Bugun, 24 dekabr, chempionatning so‘nggi kunida erkin kurash bahslari bo‘yicha 61, 74, 86, 92 va 125 kg vazn toifalarida O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari nomi ma’lum bo‘ladi. 

E’tiborga molik jihati shundaki, bugun tarixiy voqeylik qayd etilishi mumkin. Uchta Olimpiada ishtirokchisi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mo‘minjon Abdullayev erkin kurash bahslarida ham ishtirok eimoqda. U ikki kun avval yunon-rum kurashining 130 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritgan edi. 

Agar Abdullayev 125 kg vaznda ham zafar quchsa, erkin va yunon-rum kurashida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan ikkinchi kurashchiga aylanadi. Shu kunga qadar O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev ushbu natijaga erishgan. 

Shuningdek, 70 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov ilk marta 74 kg vazn toifasida gilamga chiqmoqda.

Kecha, 23 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Musobaqaning 3-kunida erkin kurashi bo‘yicha 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlangan edi. 

57 kg:

1. G‘ulomjon Abdullayev (Xorazm)
2. Nodir Safarov (Toshkent viloyati)
3. Shahboz Komilov (Buxoro)
3. Sarvarbek Xudoyberganov (Xorazm)

65 kg:

1. Abbos Rahmonov (Navoiy)
2. Nodir Rahimov (Andijon)
3. Feruz Yakubov (Buxoro)
3. Umidjon Jalolov (Buxoro)

70 kg:

1. Begijon Qo‘ldoshev (Andijon)
2. Chinor Matyoqubov (Xorazm)
3. Husniddin Erkaboyev (Xorazm)
3. Mirkamol Beshimov (Buxoro)

79 kg:
 
1. Jasurbek Usmonoxunov (Andijon)
2. Asadbek Raimberganov (Xorazm)
3. Arislan Jumabayev (Qoraqalpog‘iston)
3. Asilbek Meliqo‘ziyev (Farg‘ona) 

97 kg:

1. Muhammadrasul Rahimov (Toshkent shahri)
2. Rahimjon Bakirov (Sirdaryo)
3. Azizbek Soliyev (Buxoro)
3. Umid Jo‘rayev (Toshkent shahri)

Kutilganidek, murosasiz final 57 kg vazn toifasida kuzatildi. Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi G‘ulomjon Abdullayev yana bir iste’dodli kurashchi Nodirjon Safarovni mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chempionati Erkin kurash Bekzod Abdurahmonov

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing