O‘zbekiston chempionatida eng yaxshilar aniqlandi
Sport
−
12:20
5107Bugun, 11 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlariga ko‘ra, yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimning asosiy sovrinlari mavsum chempionlari hisoblanmish Qarshining “Nasaf” klubi vakillariga nasib etdi. Jumladan, O‘zbekiston chempionatida yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida Ro‘ziqul Berdiyev e’tirof etilgan bo‘lsa, Akmal Mozgovoy eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Yana bir nechta nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlanib, sovrinlar o‘z egasini topdi.
O‘zbekiston chempionatida turli nominatsiyalarda g‘oliblar:
Eng yaxshi klub – OKMK;
Eng yaxshi to‘purar – Dragan Cheran (“Paxtakor”);
Eng chiroyli gol – Marko Milichkovich (“Metallurg”);
Superliganing eng yaxshi yosh futbolchisi – Abdug‘ofur Haydarov (“Surxon”);
Yil kashfiyoti – Anvarjon Hojimirzayev (“Dinamo”);
Yilning eng yaxshi hakami – Shavkat Nasibullayev;
Yil murabbiyi – Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”);
Yil futbolchisi – Akmal Mozgovoy (“Nasaf”).
LiveBarchasi