Andijondagi futbol o‘yinida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video)
Sport
−
18 Oktabr 2023
14724Futbol bo‘yicha U-19 O‘zbekiston chempionatining 23-turidan o‘rin olgan “Andijon-SGS” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ikki tomon futbolchilari o‘rtasida katta janjal kelib chiqdi.
Epizodlardan birida Andijon klubi vakili raqib jamoa a’zosini tirsagi bilan turtib yuborgan. Hakam futbolchilarga kartochka ko‘rsatayotgan vaqtda, “Andijon-SGS” klubining 3-raqamdagi futbolchisi raqib klubi futbolchisini orqadan turib boshiga urgan. Maydonni tark etayotib, Andijon klubining 3-raqamdagi futbolchisi “Neftchi”ning 93-raqamli futbolchisini kaltaklagan. Oqibatda jamoalar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari ham aralashishga majbur bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari ketmoqda. Tez orada janjal sababchilariga nisbatan ko‘riladigan choralar tegishli tashkilotlar tomonidan e’lon qilinadi.
LiveBarchasi