Erkin davlatlar anneksiyaga urinishni hech qachon tan olmaydi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan mamlakatning hududiy yaxlitligi haqidagi rezolyutsiya qabul qilingani munosabati bilan Rossiyaning anneksiya qilishga urinishi hech qachon erkin davlatlar tomonidan tan olinmasligini qayd etdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida yozdi.

“BMT Bosh Assambleyasining “Ukrainaning hududiy yaxlitligi: BMT Nizomi tamoyillarini himoya qilish” tarixiy rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlagan barcha 143 davlatga rahmat. Dunyo o‘z so‘zini aytdi: Rossiyaning anneksiya qilishga urinishi befoyda va uni hech qachon erkin davlatlar tan olmaydi”, deydi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina o‘zining barcha yerlarini qaytarib oladi.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi kecha,12 oktyabr kuni Rossiya o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan “DXR” va “LXR” hamda bosib olingan Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazgan “referendum”ni qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi. BMTga a’zo 193 davlatdan 143 tasi rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Besh davlat qarshilik qilgan – Belarus, Shimoliy Koreya, Nikaragua, Suriya va Rossiya. Ovoz berishda 35 davlat, jumladan, Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston betaraf qolgan. Ovoz berishda 10 ta davlat, jumladan, Ozarbayjon, Turkmaniston va Venesuela qatnashmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing