Erkakligi taxmin qilingan ikkinchi ayol bokschi ham Olimpiada chempioniga aylandi
Sport
−
11 avgust
33727Parij Olimpiadasidagi ishtiroki jinsi bo‘yicha bahslarga sabab bo‘lgan Xitoy Taypeyi (Tayvan) bokschisi Lin Yuy-Tin ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasidagi 57 kg vazn toifasidagi finalda Lin Yuy-Tin Polsha vakili Yuliya Sheremeta ustidan g‘alaba qozondi va Olimpiada chempioni bo‘ldi.
“Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga – jamoam va Tayvan aholisiga rahmat aytmoqchiman. Ular menga kuch berdi. Hech bir jang oson kechmaydi. 5:0 hisobida g‘alaba qozonish oson tuyulishi mumkin, ammo buning ortida juda ko‘p mashaqqatli mehnat bor”, degan Lin Yuy-Tin.
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi ushbu bahslarda o‘zbekistonlik Sitora Turdibekova Xitoy Taypeyi (Tayvan) vakili Lin Yuy-Tinga qarshi ringga ko‘tarilib, yakunda mag‘lubiyatga uchragandi. Lin Yuy-Tin 2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmagan, aniqrog‘i bokschiga mundialda qatnashishga ruxsat berilmagan, biroq Lin Yuy-Tinga Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiada bahslarida qatnashishga ruxsat berdi.
Shuningdek, Olimpiada oltin medaliga sazovor bo‘lgan jazoirlik bokschi Iman Xelif 66 kg vazn toifasidagi boks turnirining final bahsida xitoylik Yang Lyuni bir ovozdan ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgandi. Bu bilan Xelif Afrika davlatlaridan chiqqan boks bo‘yicha birinchi Olimpiya chempioniga aylandi.
Xelif ham 2023 yilda Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medal uchun kurashdan bir necha soat oldin Xalqaro boks assotsiatsiyasining (IBA) muvofiqlik mezonlarini bajara olmagani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. Jazoir Olimpiya qo‘mitasi esa avvalroq Xelifga qilingan hujumlarni qoralagandi.
LiveBarchasi