“Erkak o‘qituvchi jazosiz qolmaydi”. Surxondaryodagi holatni vazir Umarova nazoratiga oldi (video)

Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyatida erkak o‘qituvchi bir nechta ayol o‘qituvchiga zo‘rlik ishlatib, ularni kaltaklagan edi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirib, o‘zining shaxsiy Telegram sahifasiga video joyladi.

“Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bo‘lib o‘tgan bunday holatni ko‘rib, to‘g‘risi, o‘zim juda dahshatga tushdim. Hurmatli yurtboshimiz tomonidan ustozlarga, ayollarga bo‘lgan e’tibor oshayotgan bir paytda ustozlarimiz, ziyolilar qatlamida bunday ishlar bo‘layotgani va bir-biriga qo‘l ko‘tarish holatlarining kuzatilishi bu juda achinarli”, degan vazir videoda.

Shuningdek, vazir Umarova ayni paytda erkak o‘qituvchi huquq tartibot organlari tomonidan nazoratga olingani va jazosiz qolmasligini aytib o‘tdi.

“Erkak o‘qituvchimiz huquq tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va jazosiz qolmaydi. Ikki nafar ayollarimiz esa hozirda shifoxonada. Ular vazirlik nazoratida va shaxsan o‘zim nazorat qilyapman”, deya ma’lumotlar bilan bo‘lishdi vazir.

Hilola Umarova o‘zining videomurojaatini tamomlar ekan, o‘qituvchilar uchun bu holatga tushish uyat ekanini aytdi.

“Hurmatli ustozlar, pedagoglar, ziyolilar bizning bunday holatga tushishimiz juda achinarli va uyatli. Bizning millatimiz, elatimizda ajdodlar qoni oqmoqda. Bunday holatlarga biz yo‘l qo‘ymasligimiz zarur”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda ayol o‘qituvchilarga kuch ishlatganlikda ayblanayotgan 34 yoshli erkak o‘qituvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo o'qituvchi Hilola Umarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made