Ergashevning jamoasi nega jangni to‘xtatdi?
Sport
−
26 noyabr 2023
46871Bugun, 26 noyabr tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun jangda puerto-rikolik amaldagi chempion Sabriel Matiasga qarshi ringga ko‘tarilib, 6-raund oldidan texnik mag‘lubiyatga uchradi.
Ergashev jamoasi 5-raund yakunlangach, jang davom etishini istamadi. Bokschi QALAMPIR.UZ’ga bahsni nega davom ettirmaganini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Shohjahonning jangni davom ettira olmasligiga jarohati sabab bo‘lgan. O‘zbekistonlik bokschining oyog‘i shishib ketishi oqibatida uning jamoasi jangni to‘xtatgan.
“G‘alaba uchun ringga chiqqandim, biroq oyog‘im shishib o‘zimga bo‘ysunmay qoldi. Oyog‘imda biroz muddat avval orttirgan jiddiy jarohatim bor edi va o‘sha jarohat baribir o‘z ta’sirini o‘tkazdi”, deydi Ergashev.
Shunday qilib, Ergashev o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Matias esa faoliyatidagi 20-g‘alabasini tantana qildi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar