Ergashevning chempionlik jangi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashevning puerto-rikolik Sabriyel Matiasga qarshi Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun jangi shu yilning 28 oktyabr sanasida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda sportchi Instagram'dagi jonli efirida aytib o‘tdi.

Aynan o‘sha kuni AQSHning Las-Vegas shahrida Devin Xeyni — Rejis Progreys o‘rtasida WBC kamari uchun jang bo‘lib o‘tadi. Ergashevning aytishicha, IBF aynan o‘sha oqshom doirasida Matias-Ergashev to‘qnashuvini ham o‘tkazishi mumkin. 

Shuningdek, Ergashev kechagi jonli efirida promouteri Dmitriy Salita bilan bo‘lajak jangi bilan bog‘liq ko‘pgina masalalarni gaplashib oldi. Hatto Ergashev chempionlik kamari uchun jangini O‘zbekistonda tashkil etish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanganini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ergashev va Matias ijtimoiy tarmoqda “jang” qilayotgani xabar qilingandi. O‘zbekistonlik bokschi bir necha kun avval Matiasning Instagram'iga joylagan suratiga, o‘zbekona mem bilan javob qaytargandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohjahon Ergashev Sabriel' Matias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing