Shohjahon Ergashev chempionlik jangida mag‘lubiyatga uchradi (video)
Sport
−
26 Noyabr 2023 22956 1 daqiqa
Bugun, 26 noyabr kuni Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari uchun dav’ogar hisoblangan o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev amaldagi chempion puerto-rikolik Sabriel Matiasga qarshi ringga ko‘tarildi.
Amerikaning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan jang 12 raundga mo‘ljallangan edi,biroq 6-raund boshlanayotgan payt Ergashev jamoasi jangni davom ettirmaslikka qaror qildi. Bunga jarohat sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Shu tariqa O‘zbekiston vakilining faoliyatidagi 23 ta g‘alabali yurishiga nuqta qo‘yildi va u ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Matiasda esa 20- g‘alaba va ularning barchasi muddatidan oldin yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyusida shu jangdan so‘ng boksdagi faoliyatini tugatishini aytgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr