Ergashevda jarohat bor. Bu chempionlik jangiga ta’sir qiladimi?
Sport
−
10 iyul 2023
6321Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lgan Shohjahon Ergashev oyog‘idan jarohat olganini aytdi. Bu haqda u Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Sportchiga ko‘ra, amaldagi chempion puyerto-rikolik Sabriyel Matiasga IBF tomonidan majburiy da’vogar sifatida buyurilgan bo‘lsada, u tashkilotdan mazkur jangga qadar bitta jang so‘ragan.
“Raqibim chempionlik jangimizdan avval yana bitta so‘radi. Men ham bitta jang o‘tkazsam, yaxshi bo‘lar edi. Bir yil jang o‘tkazmadim, bu esa katta vaqt. Bugun promouterdan jang so‘radim. Oyog‘imdan olgan jarohatim bor, sal bo‘lsa ham tiklanish bo‘lardi”, deydi Ergashev.
Ma’lumot uchun, Matias profboksda 20 ta jang o‘tkazib, 19 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Da’vogar Shohjahon Ergashev esa faoliyati davomida 23 ta jangda ishtirok etib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U janglarining 20 tasida nokaut, 3 tasida hakamlar qarori bilan g‘alabaga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IBF puyerto-rikolik Sabriyel Matiasga Shohjahon Ergashevga qarshi majburiy himoya jangini o‘takazishni buyurgandi. Bu jang uchun bokschilarning vakillari 26 iyulga qadar kelishib olishi kerak edi.
LiveBarchasi